O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti
Dush-Juma : 09.00 AM-06.00 PM
Bosh sahifa Xalqaro hamkorlik Xalqaro tadbirlar
Xalqaro aloqalar

XALQARO TADBIRLAR

Institut mezbonlik qilgan forumlar, xorijiy xizmat safarlari va yirik loyihalar.

Xalqaro forumlar

Institut mezbonlik qilgan forumlar

Institut respublika miqyosidagi ikkita xalqaro forumga mezbonlik qildi.

2-xalqaro forum 16.11.2026 – 19.11.2026

Ikkinchi xalqaro forum Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi va Institut unga mezbonlik qildi.

9 xorijiy davlat
5 xalqaro tashkilot
8 milliy tashkilot
54 olim
200 qatnashuvchi
1-xalqaro forum 28.10.2024 – 31.10.2024

Unda 10 ta xorijiy davlatning kriminologiya ilmiy tashkilotlari, 5 ta xalqaro tashkilot va 10 ga yaqin milliy tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

10 xorijiy davlat
5 xalqaro tashkilot
10+ milliy tashkilot
Xalqaro aloqalar

Xalqaro uchrashuvlar

Institut vakillari xorijiy hamkorlar bilan o‘tkazgan uchrashuvlar va muzokaralar.

Xorijiy safarlar

2026-yil xizmat safarlari va ishtiroklar

2026-yilning 6 oyi davomida 3 marotaba xorijiy ilmiy xizmat safarlari amalga oshirildi.

Rossiya Federatsiyasi

Volgograd Akademiyasining 60 yilligi munosabati bilan “Sud ekspertizasi: Rossiya va xalqaro tajriba” mavzusidagi VIII xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya.

Vengriya Respublikasi

“Ludovika” Davlat xizmatlari universiteti tomonidan Budapesht shahrida o‘tkazilgan “Global mojarolarning xavfsizlikka ta’siri” mavzusidagi “Ludovika festivali” xalqaro ilmiy forumi.

Tojikiston Respublikasi

Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Zamonaviy davrda jinoyatchilikka qarshi kurashish nazariyasi, qonunchilik va amaliyotdagi dolzarb muammolari” mavzusidagi I xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya.

Vengriya Respublikasi

Szeged Universitetining Jinoyat huquqi va kriminologiya institutida ilmiy-tadqiqot loyihasini (profiling, jinoyatlarni tahlil qilish) ishga tushirish muhokamasi.

Yirik loyiha

“O‘zbekiston Respublikasi davlat xodimlari uchun milliy giyohvand moddalarni nazorat qilish bo‘yicha salohiyatni oshirish”

Loyiha Janubiy Koreyaning Koreya kriminologiya va adliya instituti (KICJ) bilan memorandum doirasida va KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) homiyligida — Koreya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan holda amalga oshiriladi.

2026–2028 yillar KICJ — Koreya kriminologiya va adliya instituti KOICA — Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (homiy)

3 yilga mo‘ljallangan amaliy loyiha ishga tushirildi.