O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti
Dush-Juma : 09.00 AM-06.00 PM
Bosh sahifa Tadqiqotlar BUYURTMA ASOSIDAGI LOYIHALAR
Tadqiqot loyihalari

BUYURTMA ASOSIDAGI LOYIHALAR

Buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari – davlat organlari, vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar hamda boshqa tashkilotlar faoliyatida yuzaga kelgan aniq amaliy muammo yoki ilmiy yechim talab etuvchi masalalar asosida amalga oshiriladi.

Bunday tadqiqotlarda masala faqat mavjud holatni tavsiflash emas, balki uning sabablari, ta’sir etuvchi omillari, hududiy xususiyatlari va amaldagi mexanizmlarning samaradorligi nuqtai nazaridan kompleks o‘rganiladi. Tadqiqot jarayonida statistika, sotsiologik tadqiqotlar, xorijiy tajribadan foydalanilib, buyurtmachiga dalillarga asoslangan xulosa va aniq yechim taklif etiladi. Bu loyihalar ilm-fan bilan davlat boshqaruvi o‘rtasidagi uzviy aloqani ta’minlaydi.

Ichki ishlar organlarida tergov faoliyatini tashkil etishdagi tizimli muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari Buyurtmachi: IIV Tergov departamenti
O‘ta shafqatsizlarcha jinoyat sodir etgan shaxslarni kompleks kriminologik jihatdan o‘rganish Buyurtmachi: IIV
Manzil-koloniyalarida mahkumlarni masofaviy nazorat qilish dasturiy kompleksini yaratish Buyurtmachi: IIV Jazoni ijro etish departamenti
Jizzax viloyati jinoyatchiligini tadqiq qilish Buyurtmachi: Jizzax viloyati IIB va hokimligi
Namangan viloyati jinoyatchiligini tadqiq qilish Buyurtmachi: Namangan viloyati IIB va hokimligi
Andijon viloyati jinoyatchiligini tadqiq qilish Buyurtmachi: Andijon viloyati IIB va hokimligi
Navoiy viloyati jinoyatchiligini tadqiq qilish Buyurtmachi: Navoiy viloyati IIB va hokimligi
Buxoro viloyati va viloyatdagi firibgarlik jinoyatchiligini tadqiq qilish Buyurtmachi: Buxoro viloyati IIB va hokimligi
Qoraqalpog‘iston jinoyatchiligini tadqiq qilish Buyurtmachi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV va Vazirlar Kengashi
O‘g‘rilik jinoyatini tadqiq qilish loyihasi Buyurtmachi: IIV Tergov departamenti
Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatini tadqiq qilish Buyurtmachi: Navoiy viloyati IIB va hokimligi
Korrupsiya sohasidagi jinoyatchilikning oldini olish Buyurtmachi: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishning zamonaviy ilmiy modellarini ishlab chiqish Buyurtmachi: IIV
Mahallalarda jinoyatdan holi hududni shakllantirish va ijtimoiy hamda mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashning milliy modeli Buyurtmachi: O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi
Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarning xavf omillarini baholash va ularning barvaqt oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish (JIEM mahkumlari misolida) Buyurtmachi: IIV Jazoni ijro etish departamenti