O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti
Dush-Juma : 09.00 AM-06.00 PM
Bosh sahifa Xalqaro hamkorlik Xalqaro hamkorlik haqida
Xalqaro aloqalar

XALQARO HAMKORLIK HAQIDA

Institutning global ilmiy hamjamiyat bilan integratsiyasi.

Faoliyat yo‘nalishlari

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari

Institut xalqaro hamkorlikni oltita strategik yo‘nalish orqali izchil rivojlantiradi.

01

Ilmiy-tadqiqot hamkorligi

Kriminologiya, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish sohasida xorijiy ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar va xalqaro tashkilotlar bilan qo‘shma loyihalar amalga oshiradi.

02

Kadrlar salohiyatini oshirish

Institut olimlari va tadqiqotchilarining xorijiy ilmiy markazlarda malaka oshirishi, ilmiy stajirovkalar o‘tishi, shuningdek, xorijlik mutaxassislarni Institut faoliyatiga jalb etish ta’minlanadi.

03

Xalqaro tajriba almashinuvi

Jinoyatchilikning oldini olish borasidagi xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va milliy qonunchilik hamda amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tahliliy ishlar olib boriladi.

04

Ilmiy tadbirlar va forumlar

Xalqaro konferensiyalar, seminarlar, "yumaloq stol"lar va ilmiy muhokamalar tashkil etilib, ularda kriminologiya sohasidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.

05

Qo‘shma nashrlar va ilmiy aloqalar

Xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar, monografiyalar va to‘plamlar nashr etiladi, shuningdek, xalqaro ilmiy jurnallarda hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

06

Memorandumlar va bitimlar

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolanib, uzoq muddatli sheriklik aloqalari o‘rnatiladi.

Kutilayotgan natija

Ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan faoliyat Institutning xalqaro ilmiy hamjamiyatga integratsiyalashuvini ta’minlash, kriminologik tadqiqotlar sifatini jahon standartlari darajasiga olib chiqish hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida innovatsion yondashuvlarni joriy etishga xizmat qiladi.