O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti
Dush-Juma : 09.00 AM-06.00 PM
Bosh sahifa Tadqiqotlar DAVLAT GRANTI ASOSIDAGI LOYIHALAR
Innovatsion tadqiqotlar

DAVLAT GRANTI ASOSIDAGI LOYIHALAR

Davlat granti asosidagi loyihalar — mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari, jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi strategik vazifalar hamda zamonaviy ilm-fan oldida turgan dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlardir.

Ushbu loyihalar ilmiy yangilik, amaliy ahamiyat, innovatsion yechim va tadqiqot metodologiyasining puxtaligi kabi mezonlar asosida amalga oshiriladi. Grant loyihalari doirasida yangi turdagi jinoyatlar, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, jinoyatchilikni prognozlash kabi istiqbolli masalalar o‘rganiladi. Ularning yakuniy natijasi faqat hisobot bilan cheklanmaydi; ular asosida yangi metodika, axborot tizimlari, innovatsion texnologiyalar va amaliyotga joriy etiladigan ilmiy ishlanmalar yaratiladi.

Uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarni elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish
Sodir etilgan jinoyatlarning sabab va sharoitlarini tahlil qilish asosida jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan milliy “Criminology AI” — sun’iy intellekt texnologiyasini ishlab chiqish Buyurtmachi: IIV Jazoni ijro etish departamenti (JIED)