Xalqaro qo‘shma loyihalar — Kriminologiya tadqiqot institutining xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari, universitetlar, xalqaro tashkilotlar va yetakchi ekspertlar bilan hamkorlikda amalga oshiradigan ilmiy-amaliy tadqiqotlaridir. Asosiy maqsad — jinoyatchilik va jamoat xavfsizligi sohasidagi global tendensiyalarni o‘rganish, ilg‘or xorijiy tajribani milliy sharoitga moslashtirish hamda O‘zbekiston tajribasini xalqaro maydonga olib chiqish.
Bugungi kunda jinoyatchilik transmilliy tus olmoqda (kiberjinoyatchilik, odam savdosi, migratsiya, dipfeyk va h.k). Shu sababli xalqaro tadqiqotlar global ilmiy tajribani milliy amaliyot bilan birlashtiruvchi, yangi tahdidlarni oldindan anglashga xizmat qiluvchi muhim hamkorlik platformasidir.