O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti huzurida jamoatchilik asosida tashkil etilayotgan Xalqaro ekspertlar kengashining maqsadlariga quyidagilar kiradi:
Xalqaro va mintaqaviy jinoyatchilik tendensiyalarini ilmiy tahlil va prognoz qiladi, uning salbiy tendensiyalarini bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqadi
Xalqaro va mintaqaviy jinoyatchilik omillarini ilmiy diagnoz qilish asosida aniqlaydi hamda ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslantirilgan takliflarni tayyorlaydi
Institutning xalqaro hamkorlik sohasidagi faoliyatini rivojlantirishga, shuningdek, xorijiy grantlarni olishga ko‘maklashadi
Tahlillar asosida kriminologiya sohasida ilmiy maqolalar tayyorlaydi hamda ularni milliy, xalqaro va xorijiy ilmiy nashrlarda chop etadi
Xalqaro ekspertlar kengashining kalendar yil davomidagi faoliyati haqidagi hisobot “Kriminologik tadqiqotlar davlat hisoboti”ga kiritiladi.
Kriminologiya kengashi va Xalqaro ekspertlar kengashining tarkibi hamda faoliyat yuritish tartibi, hisobot va rag‘batlantirish tartibi Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Xalqaro ekspertlar kengashi tarkibi huquqbuzarliklar profilaktikasi va kriminologiya sohasida nazariy va (yoki) amaliy tajribaga ega bo‘lgan o‘z sohasi mutaxassislaridan shakllantiriladi.