Xadicha Sulaymonovna Sulaymonova — O‘zbekistonda birinchi ayol akademik, yuridik fanlar doktori va O‘zbekiston sovet jinoyat huquqi fanining shakllanishiga asos solgan olimlardan biri. U yurist, ilmiy rahbar va davlat arbobi sifatida mamlakat huquq tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shgan.
Xadicha Sulaymonova 1913-yil 3-iyul kuni Andijon shahrida tavallud topgan. 1931-yilda rus maktabini bitirgach, yuridik fanlariga bo‘lgan qiziqishi sababli mazkur sohani chuqur o‘rganish maqsadida bir yillik o‘qishga Toshkent Sovet qurilishi va huquqi ilmiy-tadqiqot institutiga qabul qilingan.
Fanlarni yaxshi o‘zlashtirganligi sababli Jahon Obidova nomidagi mazkur institutning huquqshunoslik fakultetiga ikkinchi kursga qabul qilingan. 1935-yilning sentabr oyigacha o‘qib, o‘z ilmiy faoliyatini Moskva va Leningradda tahsil olib kelgan mashhur olimlarning rahbarligida boshlagan. Diplomni olgach, xalq sudyasi lavozimida ishlash uchun yuborilgan.
1935-yilning oxirigacha Oliy Sudda ishlab, jinoyat ishlari bo‘yicha kollegiyaga rahbarlik qilgan. SSSR Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi, professor A.N. Trayninning ilmiy rahbarligida olib borilgan tadqiqotlari o‘sha davrdagi qiyinchiliklar va Ikkinchi jahon urushi sababli bir muddat to‘xtab qolgan bo‘lsa-da, Toshkent yuridik institutida o‘qituvchilik faoliyati bilan birga dissertatsiyasini yakunlagan.
Nomzodlikdan doktorlikkacha bo‘lgan ilmiy yo‘l — besh yillik farq bilan himoya qilingan ikki dissertatsiya.
20-iyun kuni nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, yuridik fanlar nomzodi va dotsent ilmiy darajasini olgan hamda Toshkent Yuridik instituti Jinoyat huquqi kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlangan.
29-dekabr kuni doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, yuridik fanlar doktori ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgan.
Ilmiy faoliyati bilan bir qatorda yuridik ta’lim va davlat boshqaruvida yuksak mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.
1956-yilning oktabr oyida Xadicha Sulaymonova O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademikligiga saylangan — shu tariqa u O‘zbekistonda birinchi ayol akademik bo‘lgan.
Yuridik sohani rivojlantirishga qo‘shgan xizmatlari munosib baholanib, 1954-yil dekabr oyida ilmiy yutuqlari va kadrlar tayyorlashdagi ulkan hissasi uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, ko‘plab hukumat mukofotlari, jumladan O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
Ko‘p yillik ilmiy va pedagogik faoliyati davomida qoldirgan boy meros.
Atoqli olima va ardoqli ustoz Xadicha Sulaymonovna Sulaymonova 1965-yil 26-noyabr kuni Toshkent shahrida vafot etgan. Uning O‘zbekiston yuridik fani va davlat boshqaruviga qo‘shgan hissasi bugungi kunda ham kriminologiya va huquqshunoslik sohasi vakillari uchun ibrat bo‘lib xizmat qilmoqda.