Tadqiqot doirasida fuqarolarning turmush darajasi, ish bilan ta’minlanish holati, qayta ijtimoiy moslashuv jarayonlari va jinoyatchilikka ta’sir etuvchi omillar o‘rganildi.
Olingan natijalar asosida qayta jinoyatchilikni kamaytirish, ijtimoiy adaptatsiyani qo‘llab-quvvatlash, hamda jinoyatning profilaktikasini kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.
Bu tadqiqotning asosiy maqsadi — jinoyat sodir etgan shaxslarni jamiyatga qaytarishga ko‘maklashish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish va qayta huquqbuzarlik holatlarining oldini olishdir.