Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutining antikorrupsiya bo‘yicha eksperti, O‘zbekiston Xalqaro Arbitraj Sudlari Birlashmasi sudyasi Q.R.Quliyev ishtirok etdi.
Seminar davomida:
➡️korruptsiyaning psixologik, ijtimoiy va iqtisodiy sabablari;
➡️audit va profilaktika vositalarining samaradorligi;
➡️komplayens dasturlarining bank tizimidagi strategik ahamiyati kabi mavzular muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilari faol savol-javoblar orqali etik tamoyillar, oshkoralik va mas’uliyatli boshqaruvga bo‘lgan yondashuvlarini namoyon etdilar.
Mazkur seminar — moliya sektorida halollik, ishonch va korporativ mas’uliyat madaniyatini yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.