Tadbirda mutaxassislar, huquqshunoslar va masʼullar fuqarolarning bank karta hisob varaqdagi pul mablagʻlarini talon-toroj qilish holatlarida ushbu pullarni oʻzlashtirishda ishtirok etgan bank karta va elektron hamyonlarda muzlatilgan (bloklangan) pullarni xatlash va jabrlanuvchiga qaytarishning protsessual tartibini ishlab chiqish hamda boshqa masalalarni muhokama qildilar