O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti
Dush-Juma : 09.00 AM-06.00 PM
Bosh sahifa Mahalliy yangiliklar Hamkor tashkilotlar bilan hamkorlik mustahkamlanmo...
Mahalliy yangiliklar

Hamkor tashkilotlar bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda

05.05.2025

Jumladan, mazkur institut “Markaziy Osiyo Sun’iy Intellekt Assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, hamda Respublika “ISTIQBOLLI AVLOD” ijtimoiy-axborot tashkiloti bilan o‘zaro hamkorlikni nazarda tutuvchi Memorandumlarni imzoladi.

Imzolangan hujjatlar doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik ishlari amalga oshiriladi: innovatsion texnologiyalar va mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etish, kriminologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar va tadbirlar tashkil etish, tajriba almashish, mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazish, xalqaro grant loyihalarida ishtirok etish, marketing tadqiqotlari olib borish, hamkor tashkilotlar faoliyatini ommalashtirish va jahon tajribasini tatbiq etish.

Memorandumlar ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, sohaga oid ilmiy, amaliy va innovatsion loyihalarni samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.

Bog'lanish
Ortga Bosh sahifa