O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti
Dush-Juma : 09.00 AM-06.00 PM
Bosh sahifa hududiy-ozgarishlar JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH — USTUVOR VAZIFA
hududiy-ozgarishlar

JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH — USTUVOR VAZIFA

24.08.2026

Urgut tumanida jinoyatchilikning oldini olish va hududlarda xavfsiz muhitni shakllantirish yo‘nalishida tizimli ishlar olib borilmoqda. O‘tgan yili “qizil” toifaga kiritilgan Yuqori Kalangar va Dehqonobod mahallalarida ilmiy yondashuv asosida amalga oshirilgan profilaktik tadbirlarning natijalari o‘rganildi.

✅ Kelgusida ham kriminogen barqarorlikni ta’minlash maqsadida mahallada maxsus uchrashuv o‘tkazildi.

🇺🇿 IIV ishchi guruhi rahbari, podpolkovnik U. M. Qobilov, Kriminologiya tadqiqot instituti ilmiy xodimi D. I. Sultonov, tuman hokimligi mas’ullari hamda tuman IIB rahbarlari ishtirok etgan uchrashuvda PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish, bu borada “mahalla yettiligi”, mas’ul tashkilotlar va jamoatchilik vakillarining o‘rni hamda vazifalari atroflicha muhokama qilindi.

Tizimli yondashuvlar natijasida nafaqat Yuqori Kalangar va Dehqonobod, balki boshqa mahallalarda ham jinoyatchilik darajasini pasaytirish va fuqarolar tinchligini ta’minlashga erishilmoqda.

Bog'lanish
Ortga Bosh sahifa