O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti
Dush-Juma : 09.00 AM-06.00 PM
Bosh sahifa hududiy-ozgarishlar U. Qobilov va D. Sultonov tomonidan Samarqand vilo...
hududiy-ozgarishlar

U. Qobilov va D. Sultonov tomonidan Samarqand viloyati Jomboy tumanining “yashil” toifadagi “Zarafshon” mahallasida kriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi omillar hamda xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha amaliy o‘rganishlar olib borildi.

24.08.2026

Tahlillar davomida hududning geografik jihatdan katta ekani, mahalla tarkibidagi qishloqlarning bir-biridan uzoqligi, Zarafshon milliy tabiat bog‘i va o‘rmon xo‘jaligi hududlarining mavjudligi hamda M-39 avtomobil yo‘lining mahalla hududidan o‘tishi kriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi omillar sifatida baholandi.

Shuningdek, joriy yilning 7 oyi davomida mahallada jinoyat sodir etilmagani qayd etildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha “mahalla yettiligi” faoliyatini kuchaytirish, profilaktik ishlarni manzilli tashkil etish, xonadonlarni qo‘riqlash tizimiga ulash, “jinoyat o‘choqlari”da xavfsizlik choralarini kuchaytirish hamda aholi o‘rtasida profilaktik-tushuntirish ishlarini takomillashtirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Bog'lanish
Ortga Bosh sahifa