O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti
Dush-Juma : 09.00 AM-06.00 PM
Bosh sahifa hududiy-ozgarishlar Namangan viloyati IIBda Kriminologiya tadqiqot ins...
hududiy-ozgarishlar

Namangan viloyati IIBda Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan o‘quv-seminari o‘tkazildi

24.08.2026

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasida xodimlarning kasbiy bilimlari va tizimli tahlil ko‘nikmalarini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti mutaxassislari ishtirokida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Institut vakillari tomonidan sohaga joriy etilayotgan strategik rejalashtirish va rivojlantirishning yangi tizimi, shuningdek, ichki ishlar organlari faoliyatini zamonaviy tahlil usullari asosida takomillashtirish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, kriminologik tahlil asosida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning kelib chiqish omillarini aniqlash, ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish hamda faoliyat natijadorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bog'lanish
Ortga Bosh sahifa