O‘rganishlar davomida Yakkasaroy tumani IIO FMBda tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar bilan xizmatoldi yo‘riqnomasi o‘tkazilishi, navbatchilik qismi faoliyati hamda tungi xizmatni tashkil etish holati ko‘zdan kechirildi.
🟢 Shuningdek, 1-sonli IIBga tungi xizmatga jalb etilgan huquqbuzarliklar profilaktikasi, post-patrul va qo‘riqlash xizmati xodimlarining faoliyati o‘rganildi.
🟢 Tungi navbatchilik davomida SOS xabari bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar ham tahlil qilinib, xizmatni samarali tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.