O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti
Dush-Juma : 09.00 AM-06.00 PM
Bosh sahifa hududiy-ozgarishlar KRIMINOLOGIYA TADQIQOT INSTITUTI HUZURIDAGI EKSPER...
hududiy-ozgarishlar

KRIMINOLOGIYA TADQIQOT INSTITUTI HUZURIDAGI EKSPERTLAR KOMISSIYASI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI

24.08.2026

O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti huzuridagi Ekspertlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida kriminologiya sohasiga oid qator muhim masalalar muhokama qilindi.

Jumladan:
🔹 mahallalarda kriminologik metodikalarni tajriba-sinovdan o‘tkazish tartibini belgilashga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasi;

🔹 normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kriminologik ekspertizadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish masalalari;

🔹 Toshkent viloyatida jinoyatchilikni tadqiq qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqot hisoboti;

🔹 yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish metodikasi;

🔹 Buxoro viloyatidagi firibgarlik jinoyatini tadqiq qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi hisoboti;

🔹 odam savdosi jinoyatini tadqiq qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqot natijalari ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida taqdim etilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar, metodikalar va normativ-huquqiy hujjat loyihalari yuzasidan ekspertlar tomonidan tegishli fikr va takliflar bildirildi. Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar belgilandi.

Bog'lanish
Ortga Bosh sahifa