O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti
Dush-Juma : 09.00 AM-06.00 PM
Bosh sahifa hududiy-ozgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot in...
hududiy-ozgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti ilmiy xodimlari A. Abdug‘apparov va U. Mirzatillayev tomonidan Toshkent shahrida aholi osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan tungi xizmat faoliyati yuzasidan amaliy o‘rganishlar olib borildi.

24.08.2026

O‘rganishlar davomida Yakkasaroy tumanidagi “Seoul Mun” ko‘ngilochar maskani, “Next” savdo markazi, sayilgohlar hamda boshqa jamoat joylarida xavfsizlikni ta’minlash borasida yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tungi xizmatga jalb etilgan qo‘riqlash hamda patrul-post xizmati xodimlarining faoliyati, Yakkasaroy tumani IIO FMB 3-son IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati faoliyati va hududlardagi videokuzatuv kameralarini boshqarish jarayoni o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha jamoat xavfsizligini ta’minlash, tungi xizmatni samarali tashkil etish hamda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Bog'lanish
Ortga Bosh sahifa