Seminarda “O‘zbekiston Respublikasidagi kriminogen vaziyatning ilmiy tahlili, jinoyatchilikning ilmiy diagnostikasi hamda xorijdan kirib kelishi mumkin bo‘lgan yangi turdagi jinoyatlar” va “Kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha ijobiy tajribalar” mavzulari atroflicha yoritildi.
▶️ Mashg‘ulotlar davomida mamlakatdagi kriminogen vaziyatni ilmiy asosda baholash, jinoyatchilikning zamonaviy tendensiyalari va xavf omillarini aniqlash, yangi turdagi jinoyatlarning oldini olish, shuningdek, kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda profilaktika ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar muhokama qilindi.
▶️ Seminar yakunida tinglovchilarga jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, kriminologik tahlil va prognozlashning zamonaviy usullarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.