O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti
Dush-Juma : 09.00 AM-06.00 PM
Bosh sahifa Tadqiqotchilar Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot in...
Tadqiqotchilar

Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti huzuridagi falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarning ilk majlisi boʻlib oʻtdi.

08.05.2025

2025-yil 24-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarning birinchi majlisi boʻlib oʻtdi.

Majlis Kriminologiya tadqiqot institutining Ilmiy Kengash va dissertatsiyalar himoyasi zalida oʻtkazildi.

Seminarda mustaqil izlanuvchi Muhayyo Shukurovaning “ Jinoyat huquqi. Jinoyat ijroiya huquqi” hamda “Kriminologiya” ixtisosliklari boʻyicha yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Hokimiyat harakatsizligi: jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlar” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.

Ushbu seminarni oʻtkazishdan asosiy maqsad ilmiy izlanishlarni ragʻbatlantirish va taʼlim jarayoniga zamonaviy usullar va texnologiyalarni joriy etishdan iborat.

Ilmiy Seminarda huquqshunos, kriminolog professor olimlar, ilmiy tadqiqotchilar va yuqori malakali yuristlar ishtirok etib, hokimiyat organlarining harakatsizligi, uning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari, hamda bu sohadagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzlarining fikr-mulohazalari va taklif-tavsiyalarini berdilar.

Dastlabki ekspertiza natijalariga koʻra, dissertatsiya Ilmiy kengashga himoya qoʻyish uchun tavsiya etildi.

PDF hujjat
/
100%
PDF yuklanmoqda…
Hujjat faqat ko‘rish uchun. Yuklab olish va chop etish ruxsat etilmagan.
Bog'lanish
Ortga Bosh sahifa