O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti
Dush-Juma : 09.00 AM-06.00 PM
Bosh sahifa Ilm-fan va soha amaliyoti vakillari: diqqatiga!
E'lonlar

Ilm-fan va soha amaliyoti vakillari: diqqatiga!

06.08.2026

O‘z ilmiy g‘oyangiz, tadqiqot natijalaringiz va amaliy takliflaringiz bilan nufuzli ilmiy muloqot maydonida ishtirok eting!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan 2026-yil 28-avgust kuni
🎓 «Yangi O‘zbekistonda ichki ishlar organlarini isloh qilish va huquqbuzarliklar profilaktikasini takomillashtirish: natijalar va ustuvor vazifalar» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

🔹 Konferensiyaning asosiy maqsadi — Yangi O‘zbekistonda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida davlat siyosati evolyutsiyasini kompleks kriminologik tahlil qilish, amalga oshirilgan islohotlar samaradorligini baholash, zamonaviy kriminogen xavf-xatarlarni aniqlash hamda profilaktika tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.

📚 Sizni o‘z ilmiy maqola va tezislaringiz bilan konferensiyada ishtirok etishga taklif qilamiz!

Konferensiya yakunlari bo‘yicha ilmiy maqolalar to‘plamini nashr etish rejalashtirilgan.

📌 Maqolalar uchun asosiy talablar:
— materiallar Word shaklida taqdim etiladi;
— maqola o‘zbek yoki ingliz tilida bo‘lishi mumkin;
— maqola hajmi — 8–10 bet;
— tezis hajmi — 4–5 bet;
— maqola nomi, qisqacha annotatsiya va kalit so‘zlar o‘zbek va ingliz tillarida berilishi lozim;
— Times New Roman, 14 shrift, 1,5 interval;
— foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatilishi shart.

📅 Maqolalarni qabul qilishning oxirgi muddati:
2026-yil 24-avgust

📩 Materiallarni yuborish uchun:
✉️ @UmRu_03
✉️ info@uzkti.uz
🌐 www.kti.iiv.uz
✅ t.me/iiv_kti_uz

📍 Toshkent shahri, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 243

📆 Sana: 2026-yil 28-avgust

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
📞 +998 33 023-29-13
📞 +998 99 832-26-22
Bosh sahifa